35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
#munosabat #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari

🏛 O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘lida oila institutini asrash va mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalar farovonligini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi? Bugun yurtimizdagi demografik jarayonlar, oilalar soni va tug‘ilish ko‘rsatkichlari bu borada qanday natijalarni ko‘rsatmoqda?

📝 O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi — mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish, erishilgan natijalarni baholash va kelgusi maqsadlarni belgilash uchun muhim tarixiy sana. Bu yillar davomida jamiyat hayotining barcha sohalari qatori oila institutini asrash va mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalar farovonligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida farovon oila — kuchli jamiyat poydevori degan tamoyil davlat va jamiyat hayotida tobora aniq mazmun kasb etmoqda.

📁 Bugungi kunda dunyo miqyosida ham oila institutini asrash va mustahkamlash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv, raqamli transformatsiya, mehnat migratsiyasi, urbanizatsiya va ommaviy madaniyat ta’siri oilaviy munosabatlar oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shunday sharoitda O‘zbekistonda oilalar farovonligini ta’minlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra mamlakatimiz aholisi soni 39,0 million nafardan oshdi.

🗣 Shuningdek, respublikamizda oilalar soni yil sayin ortib bormoqda. Jumladan, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda oilalar soni 10,5 milliondan oshgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 18,0 foizga ko‘paygan. Mazkur raqamlar oilaning nafaqat inson hayotidagi, balki mamlakatning ijtimoiy va demografik taraqqiyotidagi o‘rni ham tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

📉 Shu bilan birga, mamlakatimizda tug‘ilish darajasining yuqori saqlanib qolayotgani ham demografik barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Xususan, 2025-yil davomida mamlakatimizda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etilgan.

📋 Deputatning UzAga bergan maqolasi bilan batafsil tanishing.

✍️ Nodira Egamberdiyeva - Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1