35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tajriba almashish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida xalq deputatlari Xovos tumani Kengashi kotibiyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Xovos tumani Kengashi kotibiyatining ish faoliyati, deputatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va nazoratga olish, Kengash qarorlari hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasidagi tajribalar o‘rganilmoqda.

Shuningdek, deputatlarning faoliyatini baholash, ularning reyting va KPI ko‘rsatkichlarini shakllantirish, deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish, Kengashning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Muloqot davomida har ikki tuman Kengashi kotibiyatining ish jarayonida qo‘llanilayotgan samarali usullar, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida fikr almashilib, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bunday tajriba almashuvlar Kengash kotibiyatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududiy Kengashlar faoliyatida ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5