35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Aholi murojaati nazoratda

Termiz shahrida fuqarolarning murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topish, hududlarda sanitariya-tozalik va obodonlashtirish ishlarini tartibga solish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayevning saylov okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar mahalla faoli ishtirokida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholidan kelib tushgan murojaatga asosan hududdagi La’l yo‘li ko‘chasidagi obodonlashtirish va sanitariya holatini bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Ko‘chani ko‘zdan kechirish davomida aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan holat — hududda maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi, ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmati qoniqarsiz tashkil etilganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchilikni zudlik bilan bartaraf etish, to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash hamda ushbu ko‘chadan chiqindilarni olib chiqib ketish grafigini qat’iy tartibga solish maqsadida, muammo deputatning murojaat daftariga qayd etilib, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2