35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
📚 11-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga munosib start berildi

Yurtimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda Bilimlar kuni keng nishonlanayotgan shu kunlarda Taxiatosh tumanidagi 11-sonli maktabda ham yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich ishtirok etib, maktab jamoasi, ota-onalar hamda o‘quvchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

🎓 O‘z so‘zida deputat yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ekanini ta’kidlab, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

✨ Tadbir davomida:
·         1-sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga 12 turdagi o‘quv qurollaridan tashkil topgan “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi;
·         Maktab hovlisini jarangdor sadosi bilan to‘ldirgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” yangi o‘quv yilining ramziy boshlanishini e’lon qildi;
·         O‘quvchilar uchun yangi bilimlar, yangi marralar va yangi imkoniyatlarga boy o‘quv yiliga ezgu tilaklar bildirildi.
🌟 Yangi o‘quv yili — yangi orzular, katta maqsadlar va yorqin kelajak sari tashlangan navbatdagi qadamdir!

Slide 1 of 4