35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
#DEPUTATLIK_SOROVI

#DEPUTATLIK_SOROVI

📃 Deputatlik nazorati: aniqlangan muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

🖋 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 21-Angor saylov okrugi deputati Baynazarova Gulmira Shakirjanovna tomonidan Yangilik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganilib, uni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilot oldiga tegishli vazifalar qo‘yildi.

📝 Mazkur deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq ravishda tayyorlandi. Ushbu modda deputatga tegishli hududdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat so‘rovi yuborish huquqini beradi.

📍 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, mas’ullar e’tiboriga yetkazish va ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

🤝 Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 2