35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tumanimiz deputatlari munosib taqdirlandi.

Angor tumani hokimi hurmatli Qosim Mardonov Esanovich tomonidan tuman Kengashi deputatlari ham munosab taqdirlandi.O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab katta shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, xalqimiz farovonligi va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu islohotlar har bir yurtdoshimiz qalbida g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada yuksaltirmoqda.

🎖 Ana shunday qutlug‘ sana arafasida tumanimizda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining jamiyat va xalqimiz hayotidagi faol ishtiroki, jamoatchilik bilan ishlashdagi tashabbuskorligi hamda hudud rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilib, ular munosib taqdirlandilar.

Deputatlarimizning xalq vakili sifatidagi faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtiroki va el-yurt manfaatlari yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuksak e’tirofga loyiq.

🇺🇿 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan muborakbod etamiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!

Xalq deputatlari tuman Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 2