35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
QONUN TARG‘IBOTI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17-Yangi hayot saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo Mengliyevich hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ishtirokida aholi o‘rtasida qonun targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son)ning mazmun-mohiyati va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan asosiy qoidalari tushuntirildi.
Xususan, fuqarolarning munosib mehnat qilish, kasb-hunar egallash, ishga joylashish hamda bandlik sohasidagi huquq va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga o‘qitish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida fuqarolarga qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish, o‘z huquq va manfaatlarini bilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Qonun targ‘iboti — huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3