35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
«BIRINCHI QO‘NG‘IROQ» — YANGI O‘QUV YILIGA ILK QADAM

Yunusobod tumanidagi «Otchopar-1» mahallasida joylashgan 58-sonli “JASORAT” maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✨Bayram tadbiri o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilarining hayajoni va quvonchi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🇺🇿Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Nurulla Muxsimov ishtirok etib, barcha o‘quvchilar va pedagoglarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. O‘z tilaklarida yoshlarning puxta bilim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligini qayd etdi.

🎁Shuningdek, Nurulla Muxsimov tomonidan maktabning ilk o‘quv yilini boshlayotgan jajji o‘quvchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.

🔔 Ilk qo‘ng‘iroq sadosi bilan boshlangan yangi o‘quv yili barchaga ilhom, bilim, omad va yangi zafarlar olib kelsin!

Slide 1 of 3