35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
MUSTAQILLIK — O‘Z KELAJAGIMIZNI O‘Z QO‘LIMIZ BILAN BARPO ETISH HUQUQIDIR!


Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman.

🗓O‘tgan 35 yil — bu shunchaki sana emas. Bu o‘zligini anglagan, o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlagan va kelajagini o‘zi belgilayotgan davlatning katta tarixidir. Bugun yurtimizda qonun ustuvorligi, adolat, inson qadri va xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ham muhim o‘rin tutmoqda.

🇺🇿Mustaqilligimiz bizga nafaqat erkinlik, balki mas’uliyat, bunyodkorlik va kelajak avlod oldidagi ulkan vazifani ham berdi. Keling, bu bebaho ne’matni asrab, uni yanada mustahkam va farovon O‘zbekiston bilan kelajak avlodlarga yetkazaylik.

🇺🇿Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz qalbida ishonch, xonadonlarimizda fayz-u baraka hukm sursin. Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿

Hurmat bilan,
Omonov Erkin Botirovich
Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati

Bizni kuzatishda davom eting!