35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” TAMOYILI ASOSIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yunusobod tumanining “Uvaysiy” mahallasi hududida “Mustaqillik — bebaho ne’mat” mavzusida bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va yuksak ruhda tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Aleksandra Yem, Yunusobod tumani Nuroniy jamg‘armasi raisi, deputat I. Ashrapova, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✅Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning farovon hayoti hamda Vatanimiz taraqqiyotida mustaqillikning beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

👉Shuningdek, mahalla hayotida faol ishtirok etib, obodlik va farovonlikka munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlandi. “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” va “Faol nuroniy” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘cha faollari, xonadon sohiblari hamda faol nuroniylarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🎶Bayram tadbirida Yunusobod tumani Madaniyat bo‘limi hamda 23-son Madaniyat markazi san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari, dilbar raqslari va badiiy chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, O‘zbekistonimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 6