35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov va J. To‘rayev, shuningdek, Kengash bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Abdulla Qodiriy MFYda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandida belgilangan vazifalar, jumladan, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar bilan manzilli ishlash, “Yoshlar daftari” bilan ishlash, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, yoshlarning murojaatlari va mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash