35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Tibbiyot muassasalari deputatlar nazoratida


Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminovlar Termiz shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini olib bordilar.

Doimiy komissiya raislari birlashma rahbariyati hamrohligida muassasada yaratilgan sharoitlar va tibbiy xizmat jarayonlarini bevosita ko‘zdan kechirdilar:

Zamonaviy uskunalar: Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tashxis hamda davolash asbob-uskunalari bilan jihozlanganlik holati;

Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati hamda dori-darmon ta’minoti;

Shart-sharoitlar: Bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining ish faoliyati sharoitlari.

O‘rganishlar davomida komissiya raislari A.Mustafakulov va X.Xolmuminov tibbiyot birlashmasi mas’ullariga tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifatini yanada oshirish, ajratilayotgan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.

Aholi salomatligi va tibbiyot sifati — deputatlik nazoratida!
Slide 1 of 6