35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Ehtiyojmand oila muammosi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati E.Tursunov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov tomonidan “Luqmon” mahallasida aholi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolari o‘rganildi.
➡️Uchrashuv davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan fuqaro M.Sharipovaning uy-joyini ta’mirlash bilan bog‘liq muammosiga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan xonadondagi mavjud sharoit o‘rganilib, muammoni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
➡️O‘rganish yakunida M.Sharipovaning uy-joyini ta’mirlash bilan bog‘liq muammosini hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
➡️Deputatlar tomonidan aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
➡️Bunday amaliy muloqotlar fuqarolarning dardiga quloq tutish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida aniqlash va yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6