35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Murojaatlar joyida o‘rganilib, muammolarga yechim izlandi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 15-Pahlavon saylov okrugidan saylangan deputat M. Xidirova tomonidan saylov okrugi hududidagi Bo‘ribog‘i qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan muammo va takliflar atroflicha tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. Deputat fuqarolarning murojaatlarini bevosita joyida eshitib, ularni hal etish imkoniyatlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.
🔹Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash va fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan ekani ta’kidlandi.
🔹Deputat M. Xidirova har bir murojaat e’tiborsiz qolmasligi, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ko‘tarilayotgan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash borasida zarur choralarni ko‘rishini bildirdi.

Slide 1 of 4