📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yakubov To‘lqin Sa’dullayevich, Kengash kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ro‘zmetov tomonidan tumandagi Xitoy mahallasida joylashgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning o‘quv jarayoniga tayyorgarligi, mavjud shart-sharoitlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.