35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tumanning “Sari-Qangli” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi Saparmurat Moldabekov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni sport hamda turli tanlov va musobaqalarga keng jalb etish borasidagi faoliyat o‘rgandi.

🔻O‘rganishlar davomida mahallada jami 603 nafar yosh istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi. Ularning muammolarini o‘rganish, qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aniqlanishicha, ayni paytda mahallada 3 nafar ishsiz yosh mavjud bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan. Shu bilan birga, joriy yil davomida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida 3 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlikka jalb qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shuningdek, mahallada yoshlarni sportga keng jalb etish va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida ham muayyan natijalarga erishilgan. Jumladan, stritbol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning viloyat bosqichida bir nafar yosh faxrli 1-o‘rinni egalladi. Bu esa mahalla yoshlarining sport sohasidagi salohiyati va erishayotgan yutuqlaridan dalolat beradi.

Bundan tashqari, harbiy-sport yo‘nalishidagi musobaqada yana bir nafar yosh tuman bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Yoshlarning bunday yutuqlari ularning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda turli sohalarda o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning muhim samarasidir.

🔻Deputat tomonidan kelgusida mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada kengaytirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berild

Slide 1 of 1