35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Polvontosh” mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholining turmush farovonligini yuksaltirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalarni amaliy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari “Polvontosh” mahallasida tashkil etildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 5-“Polvontosh” saylov okrugidan saylangan deputat O.Jumayevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov mahallada bo‘lib, aholi xonadonlarini xonadonbay o‘rgandi hamda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

✅O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, oilalarni qiynab kelayotgan turli ijtimoiy-maishiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali muammolarning kelib chiqish sabablari, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar o‘rganildi.
🔎 Xonadonbay o‘rganish jarayonida, avvalo, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni qog‘ozdagi murojaat yoki statistik ma’lumotlar orqali emas, balki bevosita xonadonlarga borib, aholining o‘zidan eshitishga e’tibor qaratildi.

✅Bunday yondashuv aholining murojaatlarini chuqurroq o‘rganish, muammolarga individual yondashish va ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish imkonini beradi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilash, fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash hamda hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.

✅Aholi bilan yuzma-yuz muloqot va xonadonbay o‘rganishlar kelgusida ham davom ettiriladi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning qonuniy va ijobiy hal etilishi deputatlik nazorati orqali kuzatib boriladi.

Xalq bilan muloqot — muammoni aniqlashning, deputatlik nazorati esa uning yechimini ta’minlashning muhim vositasidir.

Slide 1 of 5