35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
### Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Ro‘zmetova Gulsara Sapayevna tumandagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanishi hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ayniqsa, birinchi sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan, zamonaviy va alohida dizayn asosida bezatilgan sinfxonalar hamda ularga topshiriladigan Prezident sovg‘alari kichik yoshdagi o‘quvchilarda maktabga, bilim olishga va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni yanada yaxshilash hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1