Transformatorning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman elektr tarmoqlari mas’ul xodimlari tomonidan Ko‘rkam diyor MFY hududida joylashgan 7-sonli transformatorning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga ortib borayotgani inobatga olindi.
Shu munosabat bilan mavjud transformatorni quvvati yuqoriroq bo‘lgan transformatorga almashtirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritilishi belgilandi. Masala mas’ullar nazoratiga olindi.