Madaniyat bo‘limidagi cholg‘u asboblari holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, A.Uljayeva va M.Ismoilxo‘jayevalar tomonidan Oqoltin tuman madaniyat bo‘limida mavjud cholg‘u asboblarining holati va saqlanish sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida bo‘lim tasarrufidagi cholg‘u asboblari ko‘zdan kechirilib, ularning saqlanishi, foydalanishga yaroqliligi hamda mavjud sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida Madaniyat vazirligi tomonidan yangi cholg‘u asboblari yetkazib berilgani aniqlandi. Mazkur jihozlardan samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylash masalalariga e’tibor qaratildi.