Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev "Terakzor" MFYda mahalla yettiligi va ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ko‘chalarni tungi yoritish, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatish, shuningdek, aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.