35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM


Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati S. Tillaboev tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli 8-Navbahor saylov okrugi hududidagi “Navbahor” mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan “Mastona bo‘stoni” MChJ faoliyati manzilli o‘rganildi.

Temir yo‘lchi-9 ko‘chasida faoliyat yuritayotgan mazkur korxonaning ishga tushirilishi hudud aholisi uchun yangi imkoniyatlar yaratib, 120 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

O‘rganish davomida korxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni, ish o‘rinlarining holati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-son qarori asosida hududda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning natijadorligi yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.

Deputat tomonidan korxonaning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini yanada ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1