35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun “Boysunobod” mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
“Boysunobod” mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “13-Tog‘ gavhari” saylov okrugidan saylangan deputat Azizqulov Ma’rufjon Abduhafiz o‘g‘li tomonidan saylov okrugi hududidagi “Boysunobod” mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova ham ishtirok etdi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolarning murojaatlari, sessiya oldi masalalari hamda deputatga biriktirilgan vazifalar ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25 dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-son Qonuni ijrosi, shuningdek, “24 ta muhim masala” bo‘yicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi o‘rganildi.
Shuningdek, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi ishtirokida “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturining mahalladagi ijrosi tahlil qilindi.
O‘rganish natijasida dastur doirasida 2026-yilda “Boysunobod” mahallasida 12 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar amalga oshirilgani aniqlandi.
Muloqotlar davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyaviy loyihalarni jalb qilish va mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli vazifalar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazoratining bunday shakllari hududda aholi manfaatlarini ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3