35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputat fuqarolar murojaatini o‘rgandi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘ishamol qishlog‘i fuqarolarining murojaatlari o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, xususan, elektr energiyasi hisob-kitobi bilan bog‘liq masala tegishli mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

⚡️ Aniqlanishicha, Gulnora Jo‘liyevaning xonadoniga o‘rnatilgan DDS-28 rusumli elektr energiyasini hisoblash asbobi yaroqsiz holga kelgan hamda xonadon bo‘yicha 2 million so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblangan.

🤝 Mazkur holat tegishli mas’ullar bilan birgalikda o‘rganilib, elektr hisoblash asbobining texnik holati, qarzdorlikning shakllanish sabablari hamda murojaatni qonuniy hal etish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish yakunida fuqaroning murojaatini amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, aniqlangan muammoni bartaraf etish va tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

📌 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3