35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISHI.

NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISHI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan saylov okrugida sessiya oldi o‘rganishi olib borildi.

O‘rganish ishlari Ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikasining Sharof Rashidov filialida tashkil etilib, muassasaning faoliyati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmon xaridlarining holati, shuningdek, tibbiy asbob-uskunalarning yetkazib berilishi va ulardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar, ehtiyojlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar navbatdagi sessiyada muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan tegishli tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishda inobatga olinadi.
Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Xurramov ham ishtirok etdi.

O‘rganish ishlari deputatlik nazoratini kuchaytirish, tibbiyot muassasalarida aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashga qaratildi.

Slide 1 of 1