35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
MUAMMOGA AMALIY YECHIM TOMON QADAM

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan o‘z hududidagi “Oq oltin” MFYda olib borilgan navbatdagi o‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan muammolar ham atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Paxlavon 3-tor ko‘chasida kanalizatsiya quvurining nosoz holatga kelgani aniqlandi. Mazkur holat hudud aholisi uchun ma’lum noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani sababli, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat F.Mamajonov tashabbusi bilan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni o‘rganish hamda uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Kanalizatsiya tizimidagi nosozlikni bartaraf etish, quvurlarni ta’mirlash va zarur hollarda yangilash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullar bilan kelishib olindi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, olib boriladigan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4