35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏆 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputat e’tiborida

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida, xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi va yoshlar bilan ishlash holatini o‘rganish maqsadida Bаhor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 15-“Bahor” saylov okrugidan saylangan deputati A. Tojiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov ishtirokida Bahor mahallasi yoshlar yetakchisi M. Allanazarovaning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoshlarni sport va turli tadbirlarga jalb etish borasidagi faoliyat hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

⚽️ Ta’kidlanganidek, mahalla yoshlari O‘zbekiston Yoshlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan futbol musobaqasining tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan. Bu esa mahallada yoshlar bilan sport yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijalaridan biridir.

Shu bilan birga, o‘rganish davomida mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun mini futbol stadioni hamda workout maydonchasi mavjud emasligi muammo sifatida qayd etildi.

📌 Mazkur muammolarni o‘rganish va yoshlar uchun zarur sport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3