35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 6-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat Hikmatilla Hafizovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 117-avgust kuni Chinoz tumanidagi Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik holati, kitob fondi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📚 Aniqlanishicha, kutubxona fondida jami 62 234 nusxada adabiyot mavjud. Shuningdek, yaqinda tuman hokimligi tomonidan kutubxona fondini boyitish maqsadida 3 mingga yaqin yangi kitob taqdim etildi.

📖 Mazkur yangi adabiyotlarning kutubxona fondiga qo‘shilishi kitobxonlarning zamonaviy va mazmunli adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga, ayniqsa, yosh kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish hamda kitob mutolaasini keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3