35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash raisi, tuman Kengashi deputatlari, ekspert guruhi a’zolari, Yoshlar maslahati guruhi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan tuman mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish hamda tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari o‘rin oldi.

Mazkur masalalar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Qarabayevning hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi uchun zaxira suv nasoslari, suv yenglari, suv shlemlari va maxsus oyoq kiyimlar xarid qilish hamda tuman markazining qo‘riqlash xizmati uchun mablag‘ ajratish yuzasidan bildirilgan takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni talablariga muvofiq emasligi aniqlanganligi sababli doimiy komissiya tomonidan rad etildi.

Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari hamda deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalalarni navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 6