35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ» КЎКРАК НИШОНИ БИЛАН ТАҚДИРЛАНДИЛАР
янв.21
ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ФАРЗАНДИНГИЗГА ВАҚТ АЖРАТИНГ!» АКЦИЯСИ АМАЛДА
янв.21
МУАММОЛАР «ҚАЙД ЭТИШ ДАФТАРИ»ГА КИРИТИЛДИ
янв.21
МЕН — ЎЗБЕКИСТОНЛИКМАН!
янв.21
Янгиқўрғон туманидаги маҳаллий йўлларни таъмирлаш масаласи юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
МУСИҚА МАКТАБИДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИ ВА ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
QICHQIRIQ MAHALLALA HUDUDIDAGI 432-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

QICHQIRIQ MAHALLALA HUDUDIDAGI 432-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator Gulnora Marufova boshchiligida Kengash deputatlari ishtirokida “Qichqiriq” va “Gulsaroy” mahallalarida manzilli o‘rganish ishlari hamda deputatlik nazorati amalga oshirildi.

💡 O‘rganishlar davomida hududlarda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, 432-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida senator Gulnora Marufova, Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda obodonlashtirish ishlarining samaradorligi yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

📌 Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

📎 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi tomonidan hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6