35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
#jamoatchilik_nazorati

#jamoatchilik_nazorati
#24_ta_tavsiya

Nurafshon shahri Dehqon bozorida mahsulotlar narxi va sifati deputat nazoratida

Nurafshon shahar "dehqon bozorida aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulotlar narx-navosining barqarorligi, ularning sifati va sanitariya-gigiyena holati bo‘yicha navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.
Ushbu o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboev, shahar XDP partiyasi raisi va kotibyat xodimi tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida:
🔸Aholi eng ko‘p iste’mol qiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, kartoshka, piyoz va sabzavotlar) narxlarining sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralariga.
🔸Shahar aholisining ehtiyojlarini uzluksiz ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetarli miqdorda g‘amlangani.
🔸Rasta va do‘konlardagi mahsulotlarning saqlanishi, ularning iste’molga yaroqliligi hamda bozordagi umumiy sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga.

Tadbirkor va sotuvchilar bilan kechgan samimiy muloqotda deputat aholiga sifatli mahsulotlarni hamyonbop narxlarda yetkazib berish bo‘yicha mas’uliyatni eslatib o‘tdi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kichik kamchiliklar joyida bartaraf etilib, bozor ma’muriyatiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3