35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
3-sonli maktabda sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
3-sonli maktabda sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

🏃‍♂️ Sport zallarining ta’mirlanganlik va foydalanishga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida sport zallarining holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida sport zallarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari, ularning sanitariya va texnik holati, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud jihozlarning holatiga e’tibor qaratildi.

⚽️ Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi, sport zallaridan samarali va xavfsiz foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-394-son Qonunida belgilangan ta’lim oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan vazifalarga hamohangdir.

📌 O‘rganish yakunida sport zallarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay sport muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🌟 Sog‘lom avlod — yurt kelajagi. O‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi ularning jismoniy va ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 3