35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КОТИБИЯТ МУДИРИНИНГ БУГУНГИ ИШ РЕЖАСИ
янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil #kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-“Karmaki” saylov okrugidan saylangan deputat B.Mo‘minovning saylov okrugidagi “Karmaki” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mazkur qarorda deputatlar tomonidan mahallalardagi muammolarni o‘rganish, aholi bilan muloqot qilish hamda “mahalla yettiligi” faoliyati ustidan nazorat olib borish belgilangan.

Jumladan, mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli faoliyati, ular tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirilib, ishlarni “mahalla yettiligi” — Kengash — Senat hamkorlik tizimi asosida davom ettirish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2