35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
КОТИБИЯТ МУДИРИНИНГ БУГУНГИ ИШ РЕЖАСИ
янв.21
КЕЛГУСИ ЙИЛ ҒАЛЛА ҲОСИЛИ УЧУН ТАЙЁРГАРЛИК БОШЛАНДИ
янв.21
Боғдорчилик ва чорвачилик — эътибор марказида
янв.21
Янгиқўрғонда экотуризм учун янги маскан яратилмоқда
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТНИНГ ҒОЛИБ ЛОЙИҲАЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ ҲИСОБОТИ ЭШИТИЛДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ ҲУҚУҚИ МАСАЛАСИ СЕССИЯДА КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
СЕССИЯДА ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАКЧАСИНИ ТАЪМИРЛАШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
ТУНГИ ЁРИТИШ ТИЗИМИНИ ЯХШИЛАШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИДА ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 25-ishonch saylov okrugida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
🏘 “Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
 25-ishonch saylov okrugida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna, Kengash kotibiyati hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 25-ishonch saylov okrugiga qarashli “Chinor” mahallasida mahalla raisining ish faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla raisining aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

🗣 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholining taklif va murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni talablari asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratildi.

📌 Mazkur Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari hamda tashkilotlarga murojaat qilish huquqi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va murojaat qiluvchilarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashning huquqiy asoslari belgilangan.

🤝 O‘rganish yakunida mahalla raisining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni manzilli o‘rganish va ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

🌿 Aholi bilan ochiq muloqot, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash — samarali mahalla faoliyatining muhim mezonidir.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 2