35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

ISTIQBOL MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORAT-TAHLIL TADBIRI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashiga 20-Mehrabod saylov okrugidan saylangan deputat Qodirov Jamshid Hazratqulovichning saylov okrugiga qarashli Sherobod tumanining “Istiqbol” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov, shuningdek, mahalla yettiligi mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahalla mas’ullari va aholi bilan hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Xususan, maishiy gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi hamda elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputat J. Qodirov tomonidan shu kunning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi oldidan kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan mahalla aholisi va mas’ullarning takliflari ham o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi murojaatlarini ijobiy hal qilish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3