Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Yaxshi MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishib chiqildi. Xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.