35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida OShPda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning holati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihoz va uskunalarning mavjudligi hamda ularning foydalanish holati, shuningdek, dori vositalarining belgilangan tartibda saqlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

OShPda mavjud dori vositalari va tibbiy preparatlarning saqlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Dori vositalarining sifati va yaroqlilik muddatini saqlab qolishda ularni belgilangan harorat va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Shu bilan birga, dori vositalari saqlanadigan xonada, ayniqsa, yoz oylarida zarur harorat rejimini doimiy ravishda ta’minlash maqsadida qo‘shimcha sovutish moslamasiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur xonani zamonaviy va energiya tejamkor konditsioner bilan ta’minlash zarurligi yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

O‘rganish davomida ushbu masala OShP mas’ullari bilan muhokama qilinib, dori vositalarining belgilangan talablarga muvofiq saqlanishini ta’minlash, ularning sifati va xavfsizligini kafolatlash maqsadida dori saqlash xonasiga konditsioner o‘rnatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, konditsioner bilan ta’minlash masalasini tegishli tartibda hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan kamchilikni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi dori vositalarining saqlanish sharoitlarini yaxshilash, ularning sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, OShP faoliyatini yanada takomillashtirish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 1