35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Xamrakulov Doniyor Toxirovich tomonidan “Amirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi murojaatlari asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Obod”, “Ozodlik” va “Tinchlik” ko‘chalarida joylashgan 3 ta ichimlik suvi minorasi mavjud bo‘lib, ular turli yillarda qurilganiga qaramay, hozirgi kunga qadar foydalanishga topshirilmagani aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevga mavjud 3 ta suv minorasini qisqa muddatlarda ishga tushirish hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputat so‘rovining ijrosi va natijasi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar nuqtayi nazaridan nazoratga olindi.

Slide 1 of 1