35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "23-Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Ma’lumki, “Qorako‘l” mahallasi tuman Kengashining VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sifatida tanlab olingan.

O‘rganish davomida elektr ta’minoti va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan loyiha doirasida:
🔹 4 dona transformator o‘rnatish;
🔹 80 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish;
🔹 2 kilometr SIP kabel tortish (yangilash) ishlari amalga oshirish belgilangan.

Hozirda loyiha doirasida “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida 80 ta elektr tayanch ustunlari to‘liq o‘rnatilgan bo‘lib, "Mustaqillik" ko‘chasiga 500 metr tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunida ma'sullarga loyihada belgilangan ishlarni to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4