35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Banmdixon tumani Kengashiga 12-“Obod yurt” saylov okrugidan saylangan deputat Allamuratova Nodira Bozorovna tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Obod yurt” mahallasidagi 42-oilaviy poliklinikasi "Mustaqillki" filialida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shifokorlar qabuli, navbatlarni tashkil etish tartibi hamda davlat tomonidan ajratiladigan bepul dori vositalarining ehtiyojmand va surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa faoliyatini o‘rganish jarayonida sterilizatsiya xizmatini tashkil etish zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalani ijobiy hal etish, tibbiy xizmat sifati va sanitariya xavfsizligini yanada yaxshilash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga deputat so‘rovi orqali murojaat qilish rejalashtirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi belgilandi.

Deputatlik nazoratining bunday amaliy shakli aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2