35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
#24_ta_tavsiya #nazorat_tahlil

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash va mahalla institutining rolini oshirish maqsadida, hudud deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan "Navro'z" mahallasi hokim yordamchisining faoliyati har tomonlama o'rganildi.
O'rganish davomida quyidagi asosiy yo'nalishlar maxsus savolnoma asosida birma-bir va chuqur tahlil qilindi:
Tadbirkorlikni rivojlantirish: Mahalladagi kichik va o'rta biznes sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash hamda yangi tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etish imkoniyatlari;
Aholi bandligi: Ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlash, ularni daromadli mehnatga jalb qilish choralarining natijadorligi;
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash: Mahalladagi ehtiyojmand oilalarga ko'rsatilayotgan ko'mak va ularning daromad manbalarini shakllantirish jarayoni.

Deputat Abdujabbor Djurayev mahalla hududida amalda bajarilayotgan ishlar bilan birga, yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolarni ham aniqladi. Barcha masalalar va fuqarolardan tushgan murojaatlar deputat nazorat daftariga alohida qayd etilib, tegishli tashkilotlar orqali tezkor va sifatli hal etilishi uchun ijro nazoratiga olindi.

Mahallada el manfaati va aholi farovonligi yo'lida olib borilayotgan bu kabi nazorat va tahlil tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3