35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
#doimiy_komissiya_biriktirish #faoliyat_nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining tavsiyasi asosida Xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy soha masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi Lenura Baydullayevaga biriktirilgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati koʻzdan kechirildi.
Ushbu oʻrganish jarayonida Kengash Kotibiyatidan vakillar Sevar Qodirova hamda Mukarram Neʼmatullayeva ham faol ishtirok etdilar.
Oʻrganish doirasida quyidagi muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:
🔹 Markaz faoliyati va sharoitlari: Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayoni hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi.
🔹 Moliyaviy shaffoflik: "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi batafsil oʻrganildi.
🔹 Qarorlar ijrosi: Shahar Kengashi qarorlarining ijro nazorati va tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning yuritilishi koʻzdan kechirildi.
🔹 Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash: "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan yordamlar hamda ular boʻyicha olib borilayotgan monitoring ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Ushbu amaliy tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablagʻlarning manzilliligini taʼminlash va mahalliy Kengash qarorlari ijrosini qatʼiy nazoratga olishdan iboratdir.

Jarayonda aniqlangan va to'plangan ma'lumotlar komissiya muhokamasiga kiritidi.

Slide 1 of 3