35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
NAVBATDAGI MANZIL - 109-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANISHI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Tashabbusli_byudjet #Doimiy_komissiyalar_nazorati

NAVBATDAGI MANZIL - 109-SONLI MAKTABDA “TASHABBUSLI BYUDJET” O‘RGANISHI

📁 Uchtepa tumanida 2026-yil II bosqich “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida navbatdagi manzil — 109-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.

📊 Tuman ishchi komissiyasi a’zolari tomonidan maktabning sinfxonalari, tom qismi va fasadi ko‘zdan kechirilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar joyida o‘rganildi. Jumladan, tom qismini qattiq qoplamaga almashtirish, suv oqizish tarnovlarini o‘rnatish, hojatxonalarni ta’mirlash, yuqori qavatlarga suv yetkazib berish tizimini yaxshilash, shamollatish tizimini o‘rnatish, shuningdek, maktabning ichki va tashqi ta’mirtalab qismlarini mukammal ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

📈 O‘rganish davomida bildirilgan takliflarda ko‘rsatilgan muammolar haqiqatda ham mavjudligi va o‘z yechimini kutib turgani komissiya a’zolari tomonidan bevosita joyida ko‘zdan kechirilib, yana bir bor tasdiqlandi.

✅ Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirilib, 109-sonli maktabning “Tashabbusli byudjet” jarayonining navbatdagi bosqichiga o‘tishiga ruxsat berildi.

Slide 1 of 7