35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
“Urganjibog‘” mahallasidagi dolzarb muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimovning saylov okrugi hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan fuqarolar va mahalla faollari bilan fikr almashildi.

Xususan, aholi hamda ko‘chaboshi N.Abdullayev tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri Chortoq ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar mazkur ko‘chaning mavjud holati aholi harakatlanishiga noqulayliklar tug‘dirayotganini bildirib, uni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Shuningdek, Chortoq ko‘chasida kanalizatsiya tarmog‘ini barpo etish masalasi ham muhim muammo sifatida qayd etildi. Fuqarolar ushbu infratuzilma obyektining mavjud emasligi turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlab, mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligini bildirdilar.

Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil o‘rganilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

O‘rganish ishlari davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7