35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
“Abdulla Avloniy” mahallasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda tizimli nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilib, aholining murojaatlari, hududdagi mavjud muammolar hamda obodonlashtirish va infratuzilma holati o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni o‘rgandilar.

Mazkur tadbir deputatlar faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy, infratuzilmaviy va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Jumladan, hududdagi oqova suv tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar aholi tomonidan ko‘tarildi. Aniqlangan muammolar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat murojaat daftariga qayd etildi.

Shuningdek, mahalla hududida yangidan qurilayotgan zamonaviy chiqindixona ko‘zdan kechirildi. Qurilish jarayoni, hududning sanitariya holati hamda chiqindilarni tartibli yig‘ish va saqlash uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish hamda tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2