35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Nuroniylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik — ezgu qadriyat

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla Nuroniylar kengashi raisi Abdullayev Ne’matjon bilan suhbat o‘tkazilib, hududda nuroniy keksalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning holidan xabar olish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida 10 nafar nuroniy keksani bayram munosabati bilan sovg‘alar bilan xursand qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashabbusni amalga oshirish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur choralarni ko‘rish va masalani ijobiy hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Nuroniylarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasi va duosini qadrlash, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish — jamiyatimizdagi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2