35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
41-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

 41-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Mehribon Tillaeva, Manzura
Artiqova hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda Adolat mahallasida joylashgan
41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining
yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdilar.
 

O‘rganish davomida maktab jamoasi tomonidan yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun
zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgani qayd etildi. Jumladan, sinf
xonalari ta’mirdan chiqarilib, o‘quv jarayoni uchun zarur jihozlar bilan
ta’minlangan, maktab hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari
olib borilgan.
 

Ta’kidlash joizki, avvalgi uchrashuvlarda maktabga qo‘shimcha bino qurish
masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, deputat Mehribon Tillaeva tomonidan mazkur
masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi
yuborilgan edi. O‘rganish davomida ushbu so‘rov natijasi ijobiy hal etilgani,
ya’ni 41-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurish masalasi 2027-yil tuman
dasturiga kiritilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.
 

Deputat Mehribon Tillaeva ushbu ijobiy natija haqida maktab jamoasi va mahalla
faollariga ma’lumot berib, kelgusida mazkur masalaning amaliy ijrosini ham
nazorat qilib borishini ta’kidladi.
  

Slide 1 of 1