35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
🏛 Kengash raisi: hududdagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugi deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich, Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirokida tumandagi Tuproqqal’a MFY hududida joylashgan dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
💊 O‘rganish jarayonida dorixonalarda dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlarining aholiga realizatsiya qilinishi, ularni belgilangan tartibda saqlash shartlari, yaroqlilik muddati hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Shuningdek, dorixonalarning faoliyatini tashkil etish, aholiga sifatli va xavfsiz farmatsevtika xizmatlarini ko‘rsatish hamda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.
⚖️ O‘rganish ishlari “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda tegishli me’yoriy talablar asosida olib borildi.
🔎 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
🤝 Kengash raisining hududlarni bevosita o‘rganishi va aholi uchun muhim bo‘lgan sohalardagi faoliyatni nazoratga olishi — joylardagi muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3