35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda davlat tomonidan ajratilayotgan bepul dori-darmonlarning manzilli va shaffof taqsimlanishi ustidan deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-«Navbahor» saylov okrugidan saylangan deputat A. Suvanovning saylov okrugiga qarashli «Tong yulduzi» mahallasida joylashgan 49-son oilaviy poliklinikada o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining kundalik faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shifokorlar qabuli hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari batafsil ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan muomala madaniyati, navbatlarni tashkil etish, murojaatlarga munosabat bildirish hamda xizmat ko‘rsatish sifati ham tahlil qilindi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat samaradorligini oshirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3