35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
МАКТАБДА ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ПУХТА ҲОЗИРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: КЎЧАЛАРГА ЁРИТИШ ЧИРОҚЛАРИ ЎРНАТИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ИЧИМЛИК СУВИ МУАММОСИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АМАЛДА: ШИФОКОРЛИК ПУНКТИДА ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА 209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ НАТИЖАЛАР ВА УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ҲУДУД ДЕПУТАТИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИЛДИ
“Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_okrugida

“Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan birgalikda o‘z saylov okrugi hududidagi “Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar hamda yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi 1-sonli texnikum yonida yosh tadbirkor tomonidan yengil konstruksiya asosida ovqatlanish shoxobchasi barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha va loyiha-smeta hujjatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 0–30 yoshgacha bo‘lgan 1 346 nafar yosh, shundan 14–30 yoshdagi 766 nafar yosh istiqomat qiladi. Bugungi kunda mahallada ishsiz yoshlar mavjud emasligi qayd etildi. Joriy yilgi bitiruvchilarni ham ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli rejalar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish yakunida mikroloyihalarni sifatli amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3